
YUSUF JUMA - O’zbekning shoiri
Koronavirus vahimasi
(hazil)
Olamda hamma qirilgan -
Vahimaga qaraganda.
Odamsiz dunyo qurilgan -
Vahimaga qaraganda.
Nopokka to'laku dunyo,
Nahot ko'rayapman xato?
Ko'ziga ishonmas Xudo -
Vahimaga qaraganda.
Farishtalarga buyurdi,
Aniqlang deb kutib turdi.
Ko'kliklar yerga ot surdi -
Vahimaga qaraganda.
Qirilmaganlarmi, evoh,
Olloh, - dedi - Olloh, Olloh.
Bitdi devdim Ahli Gunoh -
Vahimaga qaraganda.
17.4.2020
* * * * *
Bir erning ayoliga degani
(hazil)
Aytsam ko'nmasding oldin,
Yo'limga o'tdi ochun.
Yuqar Koronavirus,
Masofa saqla xotin.
17.4.2020
* * * * *
Jahon hukumatlariga erkaklardan iltimosnoma
(hazil)
Virusdan battarku tun kun bermas tin,
Erning o'limidir shubhasiz xotin.
Karantin ko'chada to'xtatilsa ham,
Mangu davom etsin uyda karantin.
17.04.2020
Ким кимдир? Who is Who?Добавить
персону
Шовруқ Рўзимуродов
2001 йилда режим зиндонида ўлдирилган "Бирлик" халқ ҳаракатининг фаоли, Ҳаракатнинг Қашқадарё ташкилоти раиси,...
Добавить сведения