07 May 2010
03:34 - Ислом Карим раҳнамолигида Ўзбекистонда хабарчилик ҳам масхарабозлик
Давлатимизнинг расмий ахборот агентлиги ЎзАнинг сайтида бироз аввал берилган бир хабарнинг бошланиши шундай эди:

Oliy Majlis Senatida

06.05.2010 22:17

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi ochiladi.

Kecha, 2010 yil 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
Qo‘mitalarning raislari navbatdagi yalpi majlis muhokamasiga kiritilayotgan qonunlar yuzasidan xulosalar va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar tayyorligi haqida axborot berdilar, majlis ishini tashkil etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.


Кўриб турибсизки, кечқурун соат 22:17 да, яъни ярим кечага яқин қўйилган хабарда, бугун Сенатнинг мажлиси очилиши айтилмоқда. Наҳотки, Сенатимиз ярим кечада иш бошламоқчи? Ҳозиргина у хабарни ўзгартириб қўйишди. Энди унинг кўриниши қуйидагича:

Oliy Majlis Senatida

07.05.2010 00:17

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi ochiladi.

Kecha, 2010 yil 6 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
Qo‘mitalarning raislari navbatdagi yalpi majlis muhokamasiga kiritilayotgan qonunlar yuzasidan xulosalar va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar tayyorligi haqida axborot berdilar, majlis ishini tashkil etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.


Хабарнинг биринчи версиясида кун нотўғри кўрсатилган. Фараз қилса бўладики, эртага тарқатилиши режалаштирилган хабар сайтга бугун қўйилган. Кулгили ҳол маълум бўлиши билан, сайт юритувчилари кун ва соатни ўзгартиришган, яъни кунни 7 май, соатни 00:17 қилиб қўйишган. Аммо, Тошкентда ҳали 6 май, соат 22:34.

Хуллас, Ислом Карим раҳнамолигида ҳаётимизнинг ҳамма соҳалари масхарабозлик саҳнасига айланиб, чўкиб бормоқда. Хабарчилик ҳам.

Ким кимдир? Who is Who?Добавить персону