26 January 2010
04:41 - “Ҳаракат” хатқутисидан: ЎзМТРК раисининг кирдикорлари
Men ilgarigi xatimda UzMTRKda Xayrulla Nuriddinov ustidan quzg'atilayotgan ish, va kompaniya raisining umarilgan pullarni Nuriddinov bilan sherikchilik asosida eganligi uchun jinoyatchini tish-tirnog'i bilan himoya qilayotganligi haqida yozgan edim. Ayni paytda vaziyat biroz o'zgardi.

Nima uchundir raisning o'zi ham Nuriddinovning ishdan ketishini hohlab qoldi. U tekshiruv ishlariga aralashmay qo'ydi. Ma’lum bo'lishicha Xayrulla Nuriddinov kelajakda UzMTRK raisi bo'lishni orzu qilib yurgan ekan. Bu orzu haqida kompaniya raisi Jurayev Alisher Xujayevich bilib qoldi va rais bir o'q bilan ikki quyonni urishga harakat qila boshladi.

Bir tomondan Xayrulla Nuriddinovni ishdan olish orqali u o'z raqobqtchisidan qutuladi va yana bir fursat raislik qilib turadi. Ikkinchi tomondan hamma o'g'irliklarni Nuriddinovga yuklab quya qoladi. Uchinchi tomondan u poraxo'r bo'lsa-da ijodkor bo'lgan direktorni ishdan haydab, o'rniga jurnalistikaning "j" harfini ham tudhunmaydigan birorta aloqachi ukaxonini olib keladi. (Juraqulovichning uzi aslida aloqachi. ilgari ham ijoddan ancha yiroq bo'lgan ukasi G'olibsher Ziyoyevni o'ziga birinchi o'rinbosar qilib olib kelib ko'pchilikning oldida sharmanda bo'lgan edi.).

Bundan chiqdiki, kompaniya raisi ilgari ham Xayrulla Nuriddinov tomonidan qilingan tartibbuzarliklarni ataylab yopib kelgan. Masalan: 2006 yilda ham, 2008 yilning oktyabr oyida ham Nuriddinov ustidan tekshiruv qu'g'atilganda raisning aralashuvi bilan ish yopilgan edi. 2008 yilda telekanal injenerlarining ish vaqtida ommaviy suratda namoz o'qiyotganliklari haqida mish-mish tarqab ketgan edi. Bu holat hukumatga unchalik ma'qul bo'lmasada, injenerlarning hammasi toshkentlik bo'lgani uchun Nuriddinov ishni yopish uchun raisga murojaat qilgan edi.

Balkim rais osha paytda o'z raqibidan qutulish uchun ham indamasdan arqonni uzun tashlab qo'ygan bo'lishi ham mumkin. Umuman telekanalda shunga o'xshash ishlar ko'p uchrab turardi. Mana enda Nuriddinovning raislikka da'vos i kuchayganidan so'ng, Alisher Xo'jayev ham otni qamchilab qoldi.

Bizda hozircha shular, voqealar rivojini kuzatib boramiz!

Muhamedov Dilshod
dilshodiddin@mail.ru;

Ким кимдир? Who is Who?Добавить персону