12 May 2021
16:27 -
Tashqi ishlar vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati bayonoti
O‘zbekiston muqaddas Ramazon Hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afg‘onistonda uch kunlik sulh e’lon qilinganini olqishlaydi.
Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflar tomonidan o‘t ochishning to‘xtalishi Afg‘onistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish bo‘yicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish jarayonini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afg‘onistonni bunyod etishda keng ko‘lamli yordam berishga qat’iy sodiqligini yana bir bor bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi
2021-yil 12-may